Jurnal haqida
«Moliya» ilmiy jurnali moliya-iqtisodiyot va menejment sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan o‘ziga xos ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini nashr etadi. Maqsadimiz — ushbu sohadagi nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or g‘oyalar va innovatsion yechimlarni ommalashtirish orqali iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishdir.
Jurnal sahifalarida pul va pul tizimi, moliya bozorlari va banklar, xalqaro moliya, firma va korporatsiyalar moliyasi, ijtimoiy moliya, makroiqtisodiy va mintaqaviy siyosatning moliyaviy jihatlari kabi keng qamrovli mavzular yoritiladi. Bundan tashqari, fiskal va pul-kredit siyosati, moliyaviy monitoring, moliyaviy menejment, yangi moliyaviy texnologiyalar, raqamli moliyaviy aktivlar, sug‘urta, narxlash, moliyaviy xavfsizlik, moliyaviy risklarni boshqarish, moliyaviy huquq masalalari ham jurnalning diqqat markazida.
Muassis — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2008-yil 24-martda 0519-raqam bilan ro‘yxatga olingan. 2025-yil 7-mayda ommaviy axborot vositasi sifatida qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan — guvohnoma № 758813 (litsenziya reestr raqami C-5669813); tarqatish shakli — onlayn, respublika miqyosida; tillari — o‘zbek, rus, ingliz. 2008-yildan nashr qilinadi, bir yilda 6 marta chiqadi. Obuna indeksi — 1204.
«Moliya» ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 13-dekabrdagi 201/3-sonli qaroriga binoan iqtisod fanlari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan ilmiy maqolalari e’lon qilinishi zarur bo‘lgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan.
Eʼlonlar
Maqolalar qabul qilinmoqda
Jurnal elektron shaklda chop etiladi
Ilmiy ruknlar
Joriy son
Nega aynan bizda chop etish kerak
Muntazam nashr
Yiliga 6 son; 2025-yildan maqolalar elektron shaklda chop etiladi.
Har bir maqolaga DOI
Zenodo orqali ro‘yxatdan o‘tgan doimiy identifikator.
Bepul e-sertifikat
Har bir muallifga nashr sertifikati — qo‘shimcha to‘lovsiz.
Ochiq kirish
Barcha maqolalar CC BY 4.0 ostida butun dunyoda bepul ochiq.
Ikki tomonlama yopiq taqriz
Mustaqil taqrizchilarning xolis bahosi.
OAK ro‘yxatida
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD va DSc dissertatsiyalari natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan (201/3-son qarori).
Mualliflarga
- Tadqiqot maqolasi
- Original tadqiqotning to‘liq hujjatlashtirilgan natijalari
- Sharh maqolasi
- Mavjud dalillarni tizimli baholovchi tanqidiy sharh
- Qisqa sharh
- Sohadagi so‘nggi yangiliklarning ixcham bayoni
- UO‘K
- maqola boshida UO‘K (UDK) kodi ko‘rsatiladi
- Mualliflar
- F.I.Sh., ilmiy darajasi, ish joyi va e-pochta — uch tilda
- Sarlavha
- o‘zbek, rus va ingliz tillarida
- Annotatsiya va kalit so‘zlar
- uch tilda: maqsad, asosiy natijalar va xulosalar
- Kirish
- mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalar
- Adabiyotlar tahlili va metodologiya
- ilmiy manbalar sharhi va qo‘llangan tadqiqot usullari
- Tahlil va natijalar
- olingan natijalar jadval va rasmlar bilan asoslab beriladi
- Xulosa va takliflar
- asosiy xulosalar va amaliy takliflar
- Foydalanilgan adabiyotlar
- raqamlangan ro‘yxat; matnda [1], [2] ko‘rinishida havola
- Til
- o‘zbek · rus · ingliz
- Fayl
- Microsoft Word (.docx)
- Matn
- A4, yagona shrift va interval; ajratish uchun kursiv
- Rasm va jadval
- matn ichida joyida, tahrirlanadigan holda
- Yuborish
- ilgari chop etilmagan; Telegram orqali («Maqola yuborish» tugmasi) yoki +998 91 453 64 67
