Jurnal elektron shaklda chop etiladi

2026-09-16

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kengashi majlisining 5-sonli bayonnomasiga asosan «Moliya» ilmiy jurnali elektron shaklga o‘zgartirildi va 2025-yil yanvar oyidan boshlab iqtisodiy fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga mos holda o‘zbek, rus, ingliz tillarida maqolalar elektron chop etiladi.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining qarori bilan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Har bir maqolaga Zenodo orqali doimiy DOI beriladi.