Maqsad va yo‘nalish

Maqsad. «Moliya» ilmiy jurnali moliya-iqtisodiyot va menejment sohasidagi original ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini chop etadi va ularni tadqiqotchilar, amaliyotchilar, davlat organlari hamda talabalar uchun ochiq holda taqdim etadi. Maqsad — nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or g‘oyalar va innovatsion yechimlarni ommalashtirish orqali iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish.

Mavzular. Pul va pul tizimi, moliya bozorlari va banklar, xalqaro moliya, firma va korporatsiyalar moliyasi, ijtimoiy moliya, makroiqtisodiy va mintaqaviy siyosatning moliyaviy jihatlari; fiskal va pul-kredit siyosati, moliyaviy monitoring, moliyaviy menejment, yangi moliyaviy texnologiyalar, raqamli moliyaviy aktivlar, sug‘urta, narxlash, moliyaviy xavfsizlik, moliyaviy risklarni boshqarish, moliyaviy huquq.

Ruknlar. Jurnal quyidagi ruknlar bo‘yicha qo‘lyozmalarni qabul qiladi:

  • Moliya va budjet
  • Buxgalteriya hisobi va audit
  • Bank ishi
  • Raqamli iqtisodiyot
  • Sug‘urta ishi
  • Soliq va soliqqa tortish
  • Iqtisodiyot tarmoqlari
  • Menejment
  • Marketing ishi

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining 2013-yil 13-dekabrdagi 201/3-sonli qaroriga binoan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD va DSc dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.