Mualliflarga

«Moliya» ilmiy jurnali iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga mos maqolalarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qiladi. 2025-yil yanvar oyidan maqolalar elektron shaklda chop etiladi va har biriga DOI beriladi.

Maqola tuzilishi (IMRAD)

  • UO‘K — maqola boshida UO‘K (UDK) kodi ko‘rsatiladi.
  • Mualliflar — F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi (kafedra, tashkilot), e-pochta — uch tilda.
  • Sarlavha — o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
  • Annotatsiya va kalit so‘zlar — uch tilda; annotatsiyada ish maqsadi, asosiy natijalar va xulosalar bayon etiladi.
  • Kirish — mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalar.
  • Adabiyotlar tahlili va metodologiya — ilmiy manbalar sharhi va qo‘llangan tadqiqot usullari.
  • Tahlil va natijalar — olingan natijalar jadval va rasmlar bilan asoslab beriladi.
  • Xulosa va takliflar — asosiy xulosalar va amaliy takliflar.
  • Foydalanilgan adabiyotlar — raqamlangan ro‘yxat; matnda havolalar [1], [2] ko‘rinishida beriladi.

Texnik talablar

  • Fayl: Microsoft Word (.docx), A4 formatda, yagona shrift va interval.
  • Rasm va jadvallar matn ichida, o‘z joyida va tahrirlanadigan holda beriladi.
  • Maqola ilgari chop etilmagan va boshqa nashrga topshirilmagan bo‘lishi shart.

Yuborish va taqriz

Maqola sayt orqali yoki tahririyat bilan bog‘lanib yuboriladi: +998 91 453 64 67, moliya@tfi.uz. Har bir qo‘lyozma o‘zlashtirishga tekshiriladi va mustaqil taqrizchilar tomonidan ikki tomonlama maxfiy taqrizdan o‘tadi.

Jurnalda e’lon qilinayotgan materiallardagi dalillar, raqamlar va ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ularning mualliflari javobgar hisoblanadi. Tahririyat fikri doim ham mualliflar fikriga mos kelavermaydi. Materiallar ko‘chirib bosilayotganda «Moliya» ilmiy jurnalidan olinganligi ko‘rsatilishi shart.