DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY HISOBOT KO‘RSATKICHLARI KOMPLEKS TAHLILINING BOSHQARUV QARORLARIGA TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23018903Annotatsiya
Maqolada davlat tibbiyot tashkiloti moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining kompleks tahlili boshqaruv qarorlariga qanday ta’sir etishi respublika ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazining 2019–2025-yillardagi balansi, smeta ijrosi, moliyaviy natijalar va nomoliyaviy aktivlar harakati hisobotlari asosida baholanadi. O‘nta qaror yo‘nalishi uchun signal ko‘rsatkichlari va ikki darajali chegaraviy qiymatlar belgilanib, signal paydo bo‘lgan yildan ko‘rsatkich me’yorga qaytgan yilgacha o‘tgan vaqt boshqaruv javobining kechikishi sifatida o‘lchandi. 70 kuzatuvning 24 tasida signal, shundan 9 tasida xavfli signal qayd etildi. Muassasa vakolatidagi operatsio n yo‘nalishlarda - likvidlik, kreditor qarz, zaxiralar, o‘z daromadi va smeta ijrosida - javob bir yil ichida hisobotda aks etgan, tuzilmaviy yo‘nalishlarda o‘rtacha kechikish 2,5 yilni tashkil etgan, aktivlarni yangilash esa to‘rt yil davomida hal etilmagan. 2024-yilda 18 478,3 mln. so‘mlik xarid eskirishni 61,5 dan 51,4 foizga kamaytirgan, ammo yil oxiridagi majburiyat hisobiga moliyalashtirilgani sababli absolyut likvidlik 0,04 ga tushgan va 4 076,2 mln. so‘m zarar yuzaga kelgan. Eskirishni 60 foizdan oshirmaslik uchun yillik xarid haqiqiy o‘rtacha darajadan 3,1 barobar ko‘p bo‘lishi zarur. Integral indeks xavfli signallar bilan kuchsiz bog‘langan (ρ = −0,21), shu bois qaror uchun indeks va signal qoidalarini birga qo‘llash taklif etiladi.Kalit soʻzlar
moliyaviy hisobot, kompleks tahlil, boshqaruv qarori, erta ogohlantirish, signal matritsasi, aktivlarni yangilash, likvidlik, tibbiyot muassasasiFoydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Barbera, C., Jones, M., Korac, S., Saliterer, I., Steccolini, I. Governmental financial resilience under austerity in Austria, England and Italy: how do local governments cope with financial shocks?. (2017). Public Administration. -, 95(3), 670–697.
Cleverley, W. O., Song, P. H., Cleverley, J. O. Essentials of Health Care Finance. - 8th ed. - Burlington: Jones & Bartlett Learning, 2018. - 606 p.
Deng, Y. Spatio-temporal evolution of financial sustainability in Chinese public hospitals: evidence from provincial panel data (2010–2022). (2025). Frontiers in Public Health. -, 13. https://doi.org/10.3389/fpubh.2025.1665487
Groves, S. M., Godsey, W. M., Shulman, M. A. Financial indicators for local government. (1981). Public Budgeting & Finance. -, 1(2), 5–19.
Hood, C. The «New Public Management» in the 1980s: variations on a theme. (1995). Accounting, Organizations and Society. -, 20(2), 93–109.
IMF. Uzbekistan: Staff Concluding Statement of the 2026 Article IV Mission. - Washington, DC: IMF, 13.04.2026.
IPSASB. The Conceptual Framework for General Purpose Financial Reporting by Public Sector Entities. - New York: IFAC, 2023. - 78 p.
Kloha, P., Weissert, C. S., Kleine, R. Developing and testing a composite model to predict local fiscal distress. (2005). Public Administration Review. -, 65(3), 313–323.
Kroll, A. Drivers of performance information use: systematic literature review and directions for future research. (2015). Public Performance & Management Review. -, 38(3).
Moynihan, D. P. The Dynamics of Performance Management: Constructing Information and Reform. - Washington, DC: Georgetown University Press, 2008. - 256 p.
OECD, JRC. Handbook on Constructing Composite Indicators: Methodology and User Guide. - Paris: OECD Publishing, 2008. - 162 p.
Ostonokulov, A. Improvement of methodology for accounting of extra-budgetary resources of public educational and medical institutions. (2021). E3S Web of Conferences. -, 296. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202129606029
Ostonokulov, A., Kuliboyev, A. Modern issues of accounting and reporting in the budget system. (2026). GSC Advanced Research and Reviews. -, 26(3), 145–150. https://doi.org/10.30574/gscarr.2026.26.3.0070
Rizayev N., Q. (2022). Moliyaviy hisobotning tahliliy imkoniyatlari va ularni kengaytirish yo‘llari. Iqtisodiyot va ta’lim. -, (2).
Simon, H. A. Administrative Behavior: A Study of Decision-Making Processes in Administrative Organization. - New York: Macmillan, 1947. - 259 p.
Steccolini, I. Accounting and the post-new public management: re-considering publicness in accounting research. (2019). Accounting, Auditing & Accountability Journal. -, 32(1), 255–279.
van Helden, J., Reichard, C. Making sense of the users of public sector accounting information and their needs. (2019). Journal of Public Budgeting, Accounting & Financial Management. -, 31(4), 478–495.
WHO Regional Office for Europe. Transforming the Health System in Uzbekistan: Two -Year Implementation Review. - Copenhagen: WHO, 2023.
Zafra-Gómez, J. L., López-Hernández, A. M., Hernández-Bastida, A. Developing an alert system for local governments in financial crisis. (2009). Public Money & Management. -, 29(3), 175–181.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Qanday iqtibos keltirish kerak
Son
Boʻlim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Azamat Abdukarimovich Ostonokulov

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 International litsenziyasi asosida tarqatiladi.
