O‘ZBEKISTONDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH JARAYONI: HOZIRGI HOLATI VA TAHLILI

Mualliflar

  • Gulnoza Abduraimovna Rayimjonova O‘z.R. BMA tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23834433

Annotatsiya

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni nafaqat tashqi iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy va huquqiy islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ham baholanadi. Iqtisodiyotning jahon moliya va kapital bozorlariga integratsiyalashuvi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro savdo munosabatlarini rivojlantirish va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni moliyaviy axborotning xalqaro talablarga muvofiq shakllantirilishini taqozo etadi. Xuddi shu izchil iqtisodiy siyosatning mantiqiy davomi sifatida mamlakatda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (International Financial Reporting Standards – IFRS) bosqichma-bosqich o‘tish hamda auditning xalqaro standartlarini (International Standards on Auditing – ISA) to‘liq joriy etish muhim institutsional islohotlardan biridir.

Kalit soʻzlar

JST (Jahon savdo tashkiloti), IFRS (International Financial Reporting Standards), ISA (International Standards on Auditing), BHMS (Buxgalteriya hisobining milliy standartlari), MHMS (Moliyaviy hisobotning milliy standartlari)

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qarori. (2026). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.

O‘zbekiston Respublikasi. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ- 677-son Qonuni. (2026). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentyabrdagi PQ-282-son qarori. (2026). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasidagi normativhuquqiy hujjatlar. (2026). O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Moliyaviy hisobotning milliy standartlari: xalqaro amaliyotga muvofiq yangi bosqich. (2026). O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Yangi milliy standartlar: konseptual asos va hisob siyosati uchun yangicha yondashuvlar. (2026). O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali.

Kieso D., E., Weygandt J., J., & Warfield T., D. (2020). Intermediate Accounting: IFRS Edition. John Wiley & Sons.

Xajimuratov N., Sh. (2020). Moliyaviy hisobotning ishonchliligini ta’minlash yo‘nalishlari. Iqtisod va moliya / Экономика и финансы, (3).

IFRS Foundation. IFRS Accounting Standards. (2026). IFRS Foundation.

MHXS va BHMS: taqqoslash va asosiy farqlar. (2026). Keeping.uz.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-10-29

Qanday iqtibos keltirish kerak

Rayimjonova, G. A. (2026). O‘ZBEKISTONDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH JARAYONI: HOZIRGI HOLATI VA TAHLILI. «MOLIYA» Ilmiy Jurnali, (Maxsus son), 313–318. https://doi.org/10.5281/zenodo.23834433

Son

Boʻlim

Maqolalar

DOI

Sahifalar

313-318

Iqtibos

Google Scholarda ochish
№ Maxsus son (2026)