ASOSIY VOSITALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI MISOLIDA
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23834827Annotatsiya
Maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini baholash metodikasini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Empirik baza sifatida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi korxonalarining 2021–2025-yillardagi agregatlashgan ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan. Tadqiqotda asosiy vositalarning boshlang‘ich va qoldiq qiymati, jamg‘arilgan eskirish, eskirish va yaroqlilik koeffitsiyentlari, ishlab chiqarish hajmi hamda fond qaytimi dinamikasi tizimli ravishda baholangan. Natijalarga ko‘ra, asosiy vositalar qiymati deyarli ikki baravar oshgan bo‘lsa-da, fond qaytimi 2022-yildagi 1,24 dan 2025-yilda 1,10 so‘m/so‘mgacha pasaygan. Bu holat aktivlar hajmining o‘sishi ularning iqtisodiy qaytimi bilan doimo mutanosib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Shu asosda moliyaviy-qiymat ko‘rsatkichlarini uskunalarning tayyorligi, unumdorligi va mahsulot sifati bilan bog‘lovchi integratsiyalashgan tahlil modeli taklif etilgan. Modelning operatsion qismi OEE ko‘rsatkichiga, iqtisodiy qismi esa fond qaytimi va deterministik omilli tahlilga asoslangan. Shuningdek, ERP/BI platformalari, raqamli monitoring, aktivlarning qadrsizlanishini baholash hamda amortizatsiya siyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari asoslab berilgan. Taklif etilgan yondashuv asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini tezkor va kompleks baholash uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.Kalit soʻzlar
asosiy vositalar, qurilish materiallari sanoati, iqtisodiy tahlil, fond qaytimi, eskirish, OEE, raqamli transformatsiya, ERP, BI, amortizatsiya, aktivlarning qadrsizlanishiFoydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. (2022). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan. (2019). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 133-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2024-yil 9-avgustda 3546-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. (2024). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
Савицкая Г., В. (2020). Анализ хозяйственной деятельности предприятия: учебник. ИНФРА-М.
Xasanov B., A., G‘aniyev Z., U., & Muxammedova D., A. (2018). Boshqaruv hisobi: o‘quv qo‘llanma. Iqtisod-Moliya.
Vahobov A., V., & Ishonqulov N., F. (2018). Moliyaviy tahlil: darslik. Iqtisod-Moliya.
Pardayev M., K. (2020). Iqtisodiy tahlil nazariyasi: darslik. Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarda yangi qurilishning hajmi. (2026). SIAT statistik axborot tizimi [Elektron resurs].
IFRS Foundation. IAS 16 Property, Plant and Equipment. (2026). IFRS Accounting Standards [Elektron resurs].
Wang, D., & Shao, X. (2024). Research on the impact of digital transformation on the production efficiency of manufacturing enterprises: Institution-based analysis of the threshold effect. International Review of Economics & Finance, 91, 883–897. https://doi.org/10.1016/j.iref.2024.01.046
Shang, M., Jia, C., Zhong, L., & Cao, J. (2024). What determines the performance of digital transformation in manufacturing enterprises? A study on the linkage effects based on fs/QCA method. Journal of Cleaner Production.
– Article 141856. – DOI: 10.1016/j.jclepro.2024.141856.
Benedek, B., Csiki, O., Demeter, K., Losonci, D., & Szász, L. (2025). Financial impact of digitalization – A time-lagged analysis. International Journal of Production Economics, 288. https://doi.org/10.1016/j.ijpe.2025.109699
Wali, A., Mufti N., A., & Ali M., A. (2025). Enhancing overall equipment effectiveness through lean digitization: a longitudinal study in tractor manufacturing. International Journal of Productivity and Performance Management, 74.
– P. 2584–2621. – DOI: 10.1108/IJPPM-09-2024-0651.
Roquini P. H., C., & Oliveira J. M., S. (2026). de, Bonamigo A., Martelotte M. C. Digital twin technologies in manufacturing operations: an assessment in light of Lean 4.0. International Journal of Quality & Reliability Management, 43(1), 257–276. https://doi.org/10.1108/IJQRM-12-2024-0430
Ni, Y., & Sun, J. (2025). Digital transformation and the development of servitized manufacturing in China: An asset specificity perspective. Finance Research Letters, 85. https://doi.org/10.1016/j.frl.2025.108039
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Qanday iqtibos keltirish kerak
Son
Boʻlim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Dinora Xolmumin qizi Azzamova

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 International litsenziyasi asosida tarqatiladi.
