TIJORAT BANKLARIDA DAROMAD VA XARAJATLARNI HISOBDA AKS ETTIRISHNING TASHKILIY JIHATLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23018758Annotatsiya
Mazkur maqolada tijorat banklarida daromad va xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning tashkiliy-uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Bank faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirishda foizli va foizsiz daromadlar, foizli va foizsiz xarajatlarning iqtisodiy mazmuni, ularni tan olish va tegishli buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish tartibi tahlil qilingan. Tadqiqotda tijorat banklarida daromad va xarajatlarni hisobga olishda hisoblash usulidan foydalanish, daromad va xarajatlarni operatsiyalar turlari bo‘yicha analitik guruhlash hamda hisobot davri yakunida moliyaviy natijalarni shakllantirish mexanizmi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, 2025-yil 21-iyulda 3336-3-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda bank hisobvaraqlar rejasini takomillashtirishning tashkiliy jihatlari yoritilgan. Amaliy misollar asosida daromad va xarajatlarni hisobga olish provodkalari hamda 31206-“Sof foyda (zarar)” hisobvarag‘i orqali moliyaviy natijani aniqlash tartibi ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijasida daromad va xarajatlar hisobini avtomatlashtirish, analitik hisobni bank mahsuloti, mijoz segmenti va xizmat turi kesimida tashkil etish hamda MHXS talablariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.Kalit soʻzlar
tijorat banki, bank daromadlari, bank xarajatlari, foizli daromad, foizsiz daromad, foizli xarajat, foizsiz xarajat, buxgalteriya hisobi, hisobvaraqlar rejasi, moliyaviy natija, sof foyda, 31206-hisobvaraq, MHXS, bank xizmatlariFoydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Djamalova, L. K. (2025). Tijorat banklarida daromadlar vax arajatlar hisobi. Modern Science and Research, 2(7), 168–176.
International Accounting Standards Board. (2022). IFRS 9: Financial Instruments. IFRS Foundation.
International Accounting Standards Board. (2024).IA S 1: Presentation of FinancialStat ements. IFRS Foundation.
Abduvaxidov, F. T., Umarov, Z. A., & Djurayev, K. N. (2010). Banklarda buxgalteriya hisobi. Toshkent.
Navro‘zova, K. N. (2006). Bank hisobi. Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2026). Profitability indicators of banking sector : January 1, 2025 and January 1, 2026. Toshkent. EʼLON !!! Oʻzbekiston Respublikasi OAK Rayosatining qarori bilan “Moliya” ilmiy jurnali iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritilgan va jurnal iqtisodiy ilmiy nashr boʻlib, bosma holatda bir yilda 6-marta chop etilib, jurnalning har sonida ilmiy ishlanmalar iqtisodiy fanlar boʻyicha ilmiy tadqiqot yoʻnalishlariga mos holda oʻzbek, rus, ingliz tillarida maqolalar chop etib kelindi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot va elektron axborotlar almashinuv davrida ilmiy jurnallarning ham faoliyati raqamlashtirilmoqda. Shu boisdan, ilmiy jurnalni yaqin istiqbolda Xalqaro jurnallar bazasi safidan joy olishini, chop etiladigan maqolalarga qoʻyiladigan talablarni IMRAD usuli asosida ishlab chiqilishi, xalqaro bazalarda identifikatsiyalanishini eʼtiborga olib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kengashi majlisining 5-sonli bayonnomasiga asosan “Moliya” ilmiy jurnalini elektron shaklga oʻzgartirildi va 2025-yil yanvar oyidan boshlab iqtisodiy fanlar boʻyicha ilmiy tadqiqot yoʻnalishlariga mos holda oʻzbek, rus, ingliz tillarida maqolalar elektron chop etiladi. ☎️Murojaat uchun @moliya2025 telegram sahifasi yoki +998950746000, +998914536467 telefon raqamlariga bog'lanishingiz mumkin. Jurnalning har bir soni https://moliya.tsue.uz sayti orqali elektron nashr etiladi. Ehtirom bilan, Moliya ilmiy jurnali tahririyati. https://t.me/moliya2025 ✔️https://moliya.tsue.uz
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Qanday iqtibos keltirish kerak
Son
Boʻlim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Dildora Abdumannonovna Turumova

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 International litsenziyasi asosida tarqatiladi.
