OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ILMIY, TARIXIY, ZAMONAVIY VA MOLIYAVIY QARASHLARI EVOLYUTSIYASI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23018740Annotatsiya
Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi vaqt o‘tishi bilan sezilarli darajada rivojlanib, oddiy oziq-ovqat yetishmovchiligining oldini olish masalasidan iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, texnologik va ekologik omillarni qamrab oluvchi kompleks tizimga aylandi. Dastlab asosiy e’tibor oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmini oshirish va ocharchilik xavfini kamaytirishga qaratilgan bo‘lsa, agrar fan, sug‘orish, mexanizatsiya, biotexnologiya va “Yashil inqilob” rivoji natijasida qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi sezilarli oshdi. Shu bilan birga, tuproq degradatsiyasi, suv tanqisligi va ekologik muammolar kabi yangi xavflar ham kuchaydi. Bugungi kun talabi oziq-ovqat xavfsizligi nafaqat mahsulotlarning mavjudligi, balki ularning aholiga iqtisodiy jihatdan qulayligi, sifati, ozuqaviy qiymati va barqaror ishlab chiqarilish xalqaro standartlarga rioya qilish, sun’iy intellekt, aniq dehqonchilik, IoT, masofadan zondlash va raqamli monitoring kabi texnologiyalar resurslardan samarali foydalanish hamda ishlab chiqarish barqarorligini oshirishda muhim vositaga aylanmoqda. Investitsiyalar, imtiyozli kreditlar, sug‘urta va davlat hamda xususiy moliyaviy qo‘llab -quvvatlash mexanizmlari alohida ahamiyat ga ega. Shu sababli zamonaviy oziq -ovqat xavfsizligi ilm -fan, innovatsiya, samarali siyosat va barqaror moliyalashtirishni yagona tizimda uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.Kalit soʻzlar
oziq-ovqat xavfsizligi, qishl oq xo‘jaligini rivojlantirish, ilmiy qarashlar, tarixiy evolyutsiya, zamonaviy yondashuvlar, qishloq xo‘jaligi moliyasi, investitsiyalar, oziq -ovqat tizimlari, chidamlilik, barqaror rivojlanishFoydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarda mo`ljallangan Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi to`g`risida” gi farmoni. https://lex.uz/docs/5841063
Adam Smit, https://www.investopedia.com/updates/adam-smith-economics/
Jan-Batist Sey, https://www.econlib.org/library/Say/sayT.html?chapter_num=1#book-reader
David Rikardo,
Jeremi Bentam, https://en.wikipedia.org/wiki/Doctor_Who_Appreciation_Society
Robert Ouen, https://en.wikipedia.org/wiki/Entrepreneurship
Antuan Ogyusten Kurno, https://vikent.ru/author/2055/
Pyer-Fransua Verhulst, https://en.wikipedia.org/wiki/Mathematician
Tomas Robert Maltus, https://globalistika.ru/tpost/xrdejk9u61-maltus-tomas-robert-1766-1834
Jon Stuart Mill, https://en.wikipedia.org/wiki/Utilitarianism_(book)
Adam Smitning “Xalqlar boyligi” (The Wealth of Nations) asari
Karl Marks, “Kapital” asari, https://uz.wikipedia.org/wiki/Kapital_(kitob)
Jon Meynard Keyns “Экономические возможности для наших внуков”,
Gesiod, didaktik dostoni “Mehnatlar va kunlar”, http://az.lib.ru/w/weresaew_w_w/text_0300.shtm l EʼLON !!! Oʻzbekiston Respublikasi OAK Rayosatining qarori bilan “Moliya” ilmiy jurnali iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritilgan va jurnal iqtisodiy ilmiy nashr boʻlib, bosma holatda bir yilda 6-marta chop etilib, jurnalning har sonida ilmiy ishlanmalar iqtisodiy fanlar boʻyicha ilmiy tadqiqot yoʻnalishlariga mos holda oʻzbek, rus, ingliz tillarida maqolalar chop etib kelindi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot va elektron axborotlar almashinuv davrida ilmiy jurnallarning ham faoliyati raqamlashtirilmoqda. Shu boisdan, ilmiy jurnalni yaqin istiqbolda Xalqaro jurnallar bazasi safidan joy olishini, chop etiladigan maqolalarga qoʻyiladigan talablarni IMRAD usuli asosida ishlab chiqilishi, xalqaro bazalarda identifikatsiyalanishini eʼtiborga olib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kengashi majlisining 5-sonli bayonnomasiga asosan “Moliya” ilmiy jurnalini elektron shaklga oʻzgartirildi va 2025-yil yanvar oyidan boshlab iqtisodiy fanlar boʻyicha ilmiy tadqiqot yoʻnalishlariga mos holda oʻzbek, rus, ingliz tillarida maqolalar elektron chop etiladi. ☎️Murojaat uchun @moliya2025 telegram sahifasi yoki +998950746000, +998914536467 telefon raqamlariga bog'lanishingiz mumkin. Jurnalning har bir soni https://moliya.tsue.uz sayti orqali elektron nashr etiladi. Ehtirom bilan, Moliya ilmiy jurnali tahririyati. https://t.me/moliya2025 ✔️https://moliya.tsue.uz
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Qanday iqtibos keltirish kerak
Son
Boʻlim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Nargis Shohmurodovna Xujanazarova

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 International litsenziyasi asosida tarqatiladi.
