TIJORAT BANKLARIDA DAROMAD VA XARAJATLARNI HISOBDA AKS ETTIRISHNING TASHKILIY JIHATLARI

Mualliflar

  • Dildora Abdumannonovna Turumova Jizzax politexnika instituti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi o‘qituvchisi, Bank-moliya akademiyasi mustaqil izlanuvchisi https://orcid.org/0009-0004-8497-8395

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22874503

Annotatsiya

Mazkur maqolada tijorat banklarida daromad va xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning tashkiliy-uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Bank faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirishda foizli va foizsiz daromadlar, foizli va foizsiz xarajatlarning iqtisodiy mazmuni, ularni tan olish va tegishli buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish tartibi tahlil qilingan. Tadqiqotda tijorat banklarida daromad va xarajatlarni hisobga olishda hisoblash usulidan foydalanish, daromad va xarajatlarni operatsiyalar turlari bo‘yicha analitik guruhlash hamda hisobot davri yakunida moliyaviy natijalarni shakllantirish mexanizmi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, 2025-yil 21-iyulda 3336-3-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda bank hisobvaraqlar rejasini takomillashtirishning tashkiliy jihatlari yoritilgan. Amaliy misollar asosida daromad va xarajatlarni hisobga olish provodkalari hamda 31206-“Sof foyda (zarar)” hisobvarag‘i orqali moliyaviy natijani aniqlash tartibi ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijasida daromad va xarajatlar hisobini avtomatlashtirish, analitik hisobni bank mahsuloti, mijoz segmenti va xizmat turi kesimida tashkil etish hamda MHXS talablariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar

tijorat banki, bank daromadlari, bank xarajatlari, foizli daromad, foizsiz daromad, foizli xarajat, foizsiz xarajat, buxgalteriya hisobi, hisobvaraqlar rejasi, moliyaviy natija, sof foyda, 31206-hisobvaraq, MHXS, bank xizmatlari

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Djamalova, L. K. (2025). Tijorat banklarida daromadlar vax arajatlar hisobi. Modern Science and Research, 2(7), 168–176.

International Accounting Standards Board. (2022). IFRS 9: Financial Instruments. IFRS Foundation.

International Accounting Standards Board. (2024).IA S 1: Presentation of FinancialStat ements. IFRS Foundation.

Abduvaxidov, F. T., Umarov, Z. A., & Djurayev, K. N. (2010). Banklarda buxgalteriya hisobi. Toshkent.

Navro‘zova, K. N. (2006). Bank hisobi. Toshkent.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2026). Profitability indicators of banking sector : January 1, 2025 and January 1, 2026. Toshkent.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-09-21

Qanday iqtibos keltirish kerak

Turumova, D. A. (2026). TIJORAT BANKLARIDA DAROMAD VA XARAJATLARNI HISOBDA AKS ETTIRISHNING TASHKILIY JIHATLARI. «Moliya» Ilmiy Jurnali, (4), 63–74. https://doi.org/10.5281/zenodo.22874503

Son

Boʻlim

Bank ishi

DOI

Sahifalar

63-74

Iqtibos

Google Scholarda ochish
«Moliya» 4/2026